QIRGʻIYLAR

QIRGʻIYLAR

QIRGʻIYLAR, qarchigʻaylar — qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikaning oʻrmon, Afrikaning shim.gʻarbiy qismidagi togʻ zonalarida tarqalgan. Tanasining uz. 52—70 sm, ogʻirligi 0,55—1,8 kg. Modasi naridan yirik. Qanoti qisqa va keng, dumi uzun. Usti koʻkimtir-kulrang, qorni koʻndalang yoʻlli oq yoki sargʻish. Uyasini daraxtlarga yasaydi. 3 — 4 ta tuxum qoʻyib, 35 kuncha bosadi. qirgʻovul, kaklik, oʻrdak, qur, quyon, ol-maxon va b. bilan oziqlanadi. Ovchilik xoʻjaliklariga bir oz zarar yetkazadi.

Ensiklopediya.uz
QIRGʻIYLAR