QIZILQUMIT

QIZILQUMIT

QIZILQUMIT (Qizilqumda topilgan, nomi shundan) — murakkab oksidlar guruhiga mansub yangi mineral. 1981-y. da topilgan. Tarkibi shreyerit (U2T130,)ga oʻxshash. Albitlashgan uglerodli-kremniyli jinslarda uchraydi. Qizilqumit kremniyli slaneslarning oʻta ingichka oʻzaro kesishgan tomirchalarida xlorit, pirit, rutil bilan birgalikda uchraydi. Qizilqumit donachalari prizmatik gabitusga ega, uz. 0,01 mm dan 0,2 mm gacha. Shaffof emas. Rangi qora, yaltirashi shisha kabi, baʼzan mumsimon koʻrinishgacha yaltiraydi. 320— 390° da qizdirilganda rutilga aylanadi.

Ensiklopediya.uz
QIZILQUMIT