KULISALI MEXANIZM

KULISALI MEXANIZM

KULISALI MEXANIZMaylanma yoki tebranma harakatni qoʻzgʻaluvchan zveno — kulisa yordamida ilgarilanma-qaytma yoxud aksincha harakatga oʻzgartiradigan mexanizm. Eng koʻp tarqalgan 4 zvenoli yassi K. m. ning krivoship-kulisali, kulisakoromislo-li, kulisa-polzunli va ikki kulisali xillari bor. Krivoship-kulisali mexanizmlarda kulisa aylanma, tebranma yoki ilgarilama, kulisakoro-misloli mexanizmlarda kulisa tebranma yoki ilgarilama harakat qiladi. Kulisa-polzunli mexanizmlar tebranma harakatni ilgarilama harakatga aylan-tiradi (va aksincha). Kulisali mexanizm harakatlarini oʻzgartirishda, hisoblash-yechish ma-shivalarining sinus mexanizmlari sifatida, hisoblash-yechish mashivasining tangens mexanizmi sifatida ish-latiladi. Ikki kulisali mexanizmlar muftalarda qoʻllaniladi. Ancha murak-kab va koʻp zvenoli Kulisali mexanizm lardan ichki yonuv dvigatelida, bugʻ mashivalarining revers mexanizmlari va b. joylarda keng foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
KULISALI MEXANIZM