QUROL-YAROGʻLAR
QUROL-YAROGʻLAR — dushmanning jonli kuchlarini, texnikasini safdan chiqarish va inshootlarini vayron qilish uchun moʻljallangan qurilma va vositalarning umumiy nomi. Ibtidoiy jamoa davrida ov va mudo-faa ehtiyojlari uchun dastlabki qurollar: soʻyil (yoʻgʻon tayoq), choʻqmor tosh, oʻtkir uchli yogʻoch nayza (keyinchalik temir uch qadalgan), sopqon va nayza uloqtirish moslamasi paydo boʻldi. Mezolit davrida kamon; neolit davrida toshbolta, toʻqmoq, xanjar yasay boshlandi. Temir ishlatish rasm boʻlgach (mil. av. 1-ming yillik boshi) tigʻli qurollar — qilich va nayzalar tay-yorlana boshladi. Qad. sharqdavlatlari qoʻshinlarida zalvor tosh va gʻoʻlalarni irgʻituvchi moslama (kata-pulta, manjaniq va b.) keng qoʻllangan. Porox kashf etilgach, oʻtsochar qurollar yasaldi (mas, ilk oʻtsochar qurol — modfani 12-a. da arablar yaratishgan). Keyinchalik (14-, 15-va 16-a. larda) pilta miltiq, toʻppon-cha, artilleriya zambaraklari paydo boʻldi. 19-a. oʻrtalaridan oʻyiq stvolli artilleriya, karabin miltiqlar, minalar, torpedalar yaratildi. 19-a. oxirlari va 20-a. boshlarida avtomat qurollar (pulemyot va b.) paydo boʻldi. 20-a. 10-y. larida aviatsiya bombalari yara-tidsi, kimyoviy qurol va olov purkovchi (ognemyot)lar rasm boʻldi. 20-a. 30-y. lari oxiridan reaktiv snaryadlar yara-tildi. 1945-y. avgust oyida AQSH qurolli kuchlari Yaponiyaga qarshi yadro quroli qoʻlladi. Q.-ya. keyingi paytlarda sifat jihatidan takomillashtirib borildi.
Ensiklopediya.uz
QUROL-YAROGʻLAR