QUYONCHILIK

QUYONCHILIK

QUYONCHILIK — chorvachilikning quyonlarni urchitish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Quyonchilikning asosiy mahsuloti — goʻsht, teri va tivit. Quyon goʻshti toʻyimli parhez mahsuloti; terisi moʻyna sanoati uchun muhim xom ashyo; tiviti issiqlik oʻtkazuvchanligi jihatidan merinos qoʻylari junidan qolishmaydi, trikotaj, fetr, duxoba va b. mahsu-lotlar tayyorlashda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
QUYONCHILIK