QORIYEVA Bernora Rahimovna
QORIYEVA Bernora Rahimovna (1936.28.1. Toshkent) — balerina, baletmeyster. R. Qoriyevning qizi. SSSR xalq artisti (1973), Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Qirgiziston xalq artisti (1996), prof. (1985-y. dan). Toshkent (1952) va Moskva Katta opera va balet teatri qoshidagi akademik xoreografiya bilim yurtini (1955), Toshkent madaniyat intini tugatgan (1980). 1955-y. dan Navoin nomidagi opera va balet teatrida balerina. baletmeyster. 1985—98 y. larda Oʻzbekisgon teatr arboblari uyushmasi raisi. 1994—2002-y. lar Navoiy nomidagi opera va balet teatri direktori va badiiy rahbari. Qoriyeva repertuari asosini jahon mumtoz va zamonavyay baletlar tashkil qiladi: Mariya («Boqchasaroy favvorasp»), Shopeniapa (F. Shopsn. ATlachunov. «Shopeniana»). Jizel (L. Atan. «Jichel»), Frigiya (A. Xachaguryan. «Spartak»). Xonim (D. Shostakovich, «Lolita va bezori») va mumtoz balet texnikasini puxta egallagan akgrisa har bir obrazla qahramnlarining ichki kechinmalari, his-tuygularini berishda mohirlik koʻrsatadi. Bu ayniqsa, zamondosh kompozitorlar yaratgan «Maskarad» (Nina), «Momaqaldiroq soʻqmoqlarida» (Sari), «Don Juan» (Donna Anna), «Anna Karenina» (Anna Karenina) kabi baletlarida oʻz ifodasini topdi. Milliy repertuarda u gavdalantirgan Mehri (M. Leviyev, «Suhayl va Mehri»), Soxani, Zarrina (M. Ashrafiy, «Sevgi tumori», «Sevgi va qilich»), Nurxon (A. Koz-lovskiy, «Tanavor»), Nargis (U. musayev, «Afsonalar vodiysida») obrazlari madaniy hayotda katta voqea boʻldi. U «Muhabbat afsonasi» (T. Jalilov, B. Broviin) opera-baletining balet partiyalari ijodkoridir. 80y. larning 1-yarmida Q. Hamza, Blok, Turgenev asarlari asosida «Zaharli hayot», «Notanish ayol», «Elegiya» baletlarini yaratilishida (kom-pozitor R. Vildanov bilan hamkorlik-da) faol qatnashib, oʻzi Maryam, Ayol hamda Asya Polozova va Liza kalitina kabi rus ayollarining dramatizmga toʻla poetik obrazlarini yaratdi. Ketma-ket Julyetta, Ofeliya (P. Chaykovskiy , «Romeo va Julyetta», «Hamlet»), Dezdemona (Persell, «Otello») obrazlarini gavdalantirdi. Qoriyeva ijodiga bagʻishlangan «Bernora Qoriyeva raqsga tushadi» va «Men balerinaman» filmlari ishlangan. Yevropa, Osiyo, Shim. va Jan. Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. SSSR Davlat (1983) va Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari (1970, 1982) laureati. «Doʻstlik» ordeni (1996) bilan mukofotlangan.
Ensiklopediya.uz
QORIYEVA Bernora Rahimovna