KOLIMA

KOLIMA

KOLIMA — RF Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Oʻz. 2129 km. Havzasining mayd. 643 ming km2. Xalqa tizmasidan boshlanib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Yuqori qismi Kolima yassitogʻligi boʻylab tor va chuqur vodiyda oqadi. Oʻrta oqimida vodiy kengayib, daryo tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Kolimaning quyi qismi Kolima pasttekisligidan oqadi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Daryo okt. boshlarida moʻzlab, may — iyunda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi Srednekolimskda (quyilish joyidan 641 km) 2250 mʻ/sek. Kuyilish 1 joyida yillik suv oqimi 123 km3. Yiliga 5,5 mln. t loyqa keltiradi. Kolimada Baxapcha daryosi quyilish yerigacha (2000 km masofada) kema qatnaydi. Kolima havzasida oltin konlari bor.

Ensiklopediya.uz
KOLIMA