IROQ QOʻZGʻOLONI
IROQ QOʻZGʻOLONI — Iroq xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni (1920 iyun — okt.). Arab davlatlarining ustidan Angliya va Fransiya xukmronligini oʻrnatish toʻgʻrisidagi San-Remo konferensiyasi (1920-y. apr.) ning qarori qoʻzgʻolonning boshlanishiga asosiy sabab boʻldi. 1920-y. 30-iyunda Rumayta sh. da boshlangan qoʻzgʻolon tez orada Iroqning katta qismini qam-rab oldi. Qoʻzgʻolonda dehqonlar, yarim koʻchmanchi qabilalar ishtirok etdi. Unga qabila shayxlari bilan shia ulamolari boshchilik qildi. Qoʻzgʻolonchilar inglizlar ustidan bir necha gʻalabaga erishdi. Ozod qilingan hududlarda inqilobiy hukumat organlari tu-zildi.
Ensiklopediya.uz
IROQ QOʻZGʻOLONI