INTERNAT MAKTAB

INTERNAT MAKTAB

INTERNAT MAKTAB — Oʻzbekistonda oila, maktab va maktabdan tashkari taʼlim-tarbiya vazifasini oʻtaydigan umumiy oʻrta taʼlim maktabi. I. m. da bolalar yashab, tarbiyalanadi va oʻqiy-di (bolalarning bir qismi yakshanba va kanikul kunlarini uylarida oʻtka-zadi). Ayrim Internat maktablar muayyan mutaxassislik boʻyicha ixtisoslashadi, mas, musiqa I. m., sport I. m. Uning yaxshi jihozlangan oʻquv binolari, tajriba uchastkalari, i. ch. ustaxonalari, lab. lari va b. boʻladi. Internat maktabda taʼlim-tarbiya ishlari mehnat bilan uzviy bogʻlangan holda olib boriladi. Internat maktabga bolalar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bo-suvchi shaxslarning ixtiyorlari bilan qabul qilinadi. Jismoniy kamchiligi boʻlgan bolalar uchun maxsus Internat maktab mavjud (q. Maxsus maktablar). I. m. ga, birinchi navbatda, yetim bolalar, urush va mehnat nogironlarining, yolgʻiz yoxud koʻp bolali onalarning bolalari, shuningdek, tarbiyalanish uchun oilasida zarur sharoiti boʻlmagan bolalar qabul qilinadi. Ota-onali bolalar uchun ota-onadan belgilangan miqdorda haq olinadi; yetim bolalar esa toʻliq davlat taʼminotida boʻladi. OʻzR da 232 ta Internat maktab boʻlib, bularda 48 ming 646 bola tarbiyalanadi (2002).

Ensiklopediya.uz
INTERNAT MAKTAB