INOGʻOMOV Rahim Oxunjonovich

INOGʻOMOV Rahim Oxunjonovich

INOGʻOMOV Rahim Oxunjonovich (1902 – Toshkent – 1938.5.10) – Oʻzbekistonda mustabid sovet rejimiga qarshi kurashgan milliy rahbar xodimlardan biri. Oʻzbekiston maorif xalq ko-missari (1925—26), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK matbuot boʻlimi mudiri (1926). Inogʻomov «Oʻzbekiston ziyolilari» (1926) risolasida oʻzbek xalqi bol-sheviklar amalga oshirgan okt. toʻntarishiga nisbatan noxush munosabatda boʻlganligini koʻrsatgan edi. Oʻzbekiston yozuvchilarining Samarqanddagi «Qizil qalam» jamiyati faoliyatiga dastlab rahbarlik qilgan, «Milliy Istiklol» tashkiloti aʼzosi. U oʻzining maqola va nutqlarida Oʻzbekiston Kompartiyasini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash-mayotganliqda, (VKPb)MK Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻrta Osiyo Iqtisodiy ken-gashi kabi markazning nazoratchi organlarini zoʻravonlikda ayblagan. Biroq Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻzbekiston Kompartiyam MK I. va uning ta-rafdorlarini partiyaga qarshi i«nogʻomovchilik guruhi» tuzishda qoralab ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashkilotini oyoqqa turgʻazdi. 1926-y. 12 dek. da Oʻzbekiston Kompar-tiyasi MK Ijroiya byurosi va plenumida, 1927-y. yanv. da Oʻrta Osiyo byurosida bu masala maxsus koʻrilib, «inogʻomovchilik — mayda burjua va millatchilik tomonga ogʻish», deb qoralandi. 1926-y. dek. da Inogʻomov oʻz vazifasidan olib tashlandi. Oʻzbekiston Kompartiyasining 3 syezdi (1927-y., noyab.) I. ni «gʻoyaviy jihatdan tor-mor qilin-di», deb hisoblab uni Qashqadaryoning eng chekka qishlogʻiga ishlash uchun joʻnatdi. 1930-y. 30-mayda «Kizil Oʻzbekistan» va «Pravda Vostoka» gazetalarida Inogʻomovning ochiq xati uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi. Inogʻo-movchilikni Validiy (1880—1970) va Mustafo Choʻqay (1890—1941) oʻzbek kommunistlarining markazning mintaqadagi xoʻjayini — Urta Osiyo byurosiga qarshi dadil chiqishi, deb baholashgan edi. Mustafo Choʻqay unga Parijda chikayotgan «Yosh Turkiston» («Yas Turkistan») majmuasida ishtirok etishni taklif qiladi. 30-y. larning oʻrtalarida I. Moskvada yashaydi. Moskva elektr z-dida, shuningdek, Butunittifoq MIKda tarjimon boʻlib ishlaydi. U Krim ASSRning Alushta sh. da davolanayotgan payt — 1937-y. 25 avg. da qamoqqa olindi va sovet rejimi tomonidan 1938-y. 5 okt. da Toshkentda otib tashlandi.

Ensiklopediya.uz
INOGʻOMOV Rahim Oxunjonovich