INILCHIQ
INILCHIQ (Jan. Inilchiq va Shim. Inilchiq) — Markaziy Tyanshan togʻlaridagi vodiy muzliklari. Inilchiq daryosining yuqori oqimida. Janubiy Inilchiq yoki Inilchiq — Tyanshandagi eng yirik va uzunligi jihatidan (uz. 59,5 km, mayd. 800 km2) Oʻrta Osiyodagi (Fedchenko muzligidan keyin) ikkinchi togʻ-vodiy muzligi. Shimoliy Inilchiq yoki Reznichenko muzligi (uz. 38,2 km)ni Janubiy Inilchiqdan Xontangri choʻqqisi ajratib turadi.
Ensiklopediya.uz
INILCHIQ