INERSIAL SANOQ SISTEMASI
INERSIAL SANOQ SISTEMASI — Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanok, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chizikli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli Inersial sanoq sistemasi yeda bir xil koʻrinishga ega (q. Nisbiylik prinsipы); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli Inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi.
Ensiklopediya.uz
INERSIAL SANOQ SISTEMASI