ISSIQLIK ENERGETIKASI

ISSIQLIK ENERGETIKASI

ISSIQLIK ENERGETIKASI — issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy Issiqlik energetikasining asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr st-yalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan taʼminlanish manbalari, yaʼni kondensatsion elektr stansiyalarilan tashkari issiklik elektr markazi, atom elektr stansiyasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxm. 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr st-yalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali st-yalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.

Ensiklopediya.uz
ISSIQLIK ENERGETIKASI