IONONLAR

IONONLAR

IONONLAR — siklogeksen qatorining toʻyinmagan ketonlari; rangsiz, xushboʻy suyuqliklar. Spirtda yaxshi eriydi. Iononlar jumlasiga ionon va uning gomologlari (metilionon, iron va ularning izomerlari) kiradi. Iononlarning bir necha izomeri bor, ulardan izomerining hidi juda yoqimli. Iononning suyultirilgan eritmalaridan binafsha hidi keladi. Atir-upa, xushboʻy sovunlar, oziqovqat essensiyalari va A vitamin i. ch. da qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
IONONLAR