IQTISODIY XAVFSIZLIK

IQTISODIY XAVFSIZLIK

IQTISODIY XAVFSIZLIK — mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (q. Marketing). I. h. ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., xarajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
IQTISODIY XAVFSIZLIK