Marhabo Karimova She’rlari
Marhabo Karimova She’rlari
DO`STLARGA ULASHING:
TAQDIR
Tanlab-tanlab, o‘lchab bo‘y,
Orzilab qilinar to‘y,
Qo‘shilar bo‘riga qo‘y,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Olovni suvga qo‘shar,
Soddani quvga qo‘shar,
Atay qilganga o‘xshar,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Bir badfe’lga bir zebo,
Bir ko‘lmakka bir daryo,
Bir nodonga bir dono,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Gul bilan gul bo‘lsa jam,
Bo‘lmas edi ko‘zlar nam,
“Men baxtliman”, degan kam,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Sahro bilan bog‘ yashar,
Jarlik bilan tog‘ yashar,
Jinni bilan sog‘ yashar,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Chaqqonga bir ilmiliq,
Jiddiyga bir serqiliq,
Yashash kerak sip-silliq,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Er yayraydi kuy tinglab,
Xotin o‘tirar esnab,
Qovushmaydi gapga-gap,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Bo‘lmagurga bo‘lgulik,
Tavba! Tavba degulik,
Olloh, bu ne ko‘rgulik?!
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Bir yaxshiga bir yomon,
Oh, bu qanday imtihon?
Yurak bag‘ring bo‘lar qon,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Tikanga shuncha mehr,
G‘unchaga shuncha qahr,
Insofdanmi shu axir?
Shu ham taqdir bo‘ldimi?“Vaqti bo‘b qoldi”, deymiz,
“Taqdir keb qoldi”, deymiz,
Baxtsiz o‘g‘il, baxtsiz qiz,
Shu ham taqdir bo‘ldimi?Qilib qo‘yib o‘zimiz,
Jovdiraydi ko‘zimiz,
Keyin aytar so‘zimiz:
Shu ham taqdir bo‘ldimi?MASLAHAT
Men o‘zimni sevaman,
Menga o‘zim yoqadi,
Endi menga baribir,
Kim qanaqa boqadi.Nuqsonlimi, qorami
Yuzim — mening yuzimdir.
Dunyoda eng chiroyli
Bitta odam — o‘zimdir!Qo‘lim kalta va lekin
Yo‘qdan ko‘ra, shukur, bor.
Bu dunyoda hech odam
Emas mendek baxtiyor.Gap eshitsam jilmayib,
Kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa,
O‘ngin tutib beraman.Yurak degan qabrga
Armonimni ko‘mganman.
Va ustida bolamga
O‘yin tushib berganman.Har tong qarab oynaga
Deyman: mening g‘amim yo‘q.
Men sog‘lomman! Men zo‘rman!
Tashvishim yo‘q, kamim yo‘q.Noxushliklar — yov, lekin
Men ulardan qarz emas.
Hech qaysisi jonimni
Tikishimga arzimas.Xomush bo‘lar ba’zilar
Sochin oqin sanashib.
Menga esa turibdi,
Ajinlar ham yarashib.Tikan — tikan, gul — guldir,
Har narsa o‘z holicha.
Azizlarim, dunyoni
Qabul qiling boricha.Oson yashay desangiz,
Maslahatim olvoling.
O‘zingizni ozgina
Jinnilikka solvoling.Ne kun ko‘rsam bariga
Olloh rozi — men rozi.
Yaratganning qo‘lida
Eng to‘g‘ri tosh-tarozi.Yashashga emas, bizni
Imtihonga tashlabdur.
Pirim — o‘sha kovushsiz
Devonayi Mashrabdur.Ko‘ylagimni so‘rashsa,
To‘nimni ham berayin.
Tikanlarning ichidan
Lolalarni terayin.Qizim qaytib keptimi?
Ajab bo‘pti, xo‘p bo‘pti!
Bugun yana boyibman,
Bitta tashvish ko‘p bo‘pti.
Narxi qancha, opkeling,
G‘amingizni olaman.
Bor pulimga tashvishu
Kamingizni olaman.“G‘am” so‘zidan o‘zimga,
“Shodlik” so‘zin yasayman.
Man shunaqa, o‘zimni
Xursand qilib yashayman.Telba ekan-ku, deya,
Kulmangiz Marhaboga.
Barcha hisob-kitobni
Qo‘yib qo‘ydim Olloga.
QUDA BO‘LDIK…Yashar edik bo‘lib o‘rtoq,
Bir-birovga ochib quchoq,
O‘tsiz qoldi endi o‘choq
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Yoqalashdik yoshlarni deb,
Shu ikki beboshlarni deb,
Birov yegan oshlarni deb,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Aka-uka, opa-singil,
Gaplashardik gangir-gungir,
Arazlashdik qoldi ko‘ngil,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Qarindoshlar taraf-taraf,
Jovdirashar bizga qarab,
Gurunglasholmaymiz yayrab,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Qo‘shnim edi jonajonim,
Bitta edi dasturxonim,
Qo‘shilganda endi qonim,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Yaxshiydi-ya niyatimiz,
Chiqib qoldi illatimiz,
Esizgina mehnatimiz,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Qaramasdik o‘ngu chapga,
Quloq soldik mayda gapga,
Hasrat qildik chor tarafga,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Farzandlar-ku yashar birga,
Yomon bo‘ldi faqat bizga,
Ko‘rpa kuydi, tirik burga,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Eslab yomon so‘zimni man,
Urishaman o‘zimni man,
Endi ochdim ko‘zimni man,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Minnatli osh-tuzim qursin,
Andishasiz nozim qursin,
Shu chaqimchi qizim qursin,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Ogoh etay endi sizni,
Begonaga bering qizni.
Nima jinlar urdi bizni,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.Marhaboxon, bu dunyo keng,
Kimki to‘yga shimarsa yeng,
Tavakaltu alalloh deng,
Quda bo‘ldik — judo bo‘ldik.
Er dedi, xotiniga
Gazeta o‘qib turib:
-Arab bo’lib qolmapmiz,
Yaxshiyam xudo urib.
Qara,bu vahshiylarni,
Shunaqayam bo‘larkan.
Qiz tug‘ilsa chaqaloq,
Yerni kovlab ko‘markan.
Xotin dedi: — Voy-voya,
Qarang-a o‘z bolasi.
Bu islomdan oldingi
Arablar-da, dadasi.
Talonchilik,dinsizlik.
Urushqoq har qabila.
O’g‘il bolalaridan
Tuzar ekan armiya.
Qiz boladan ne foyda?
Noniga bo‘lar sherik.
Boqib-boqib birovga
Bervorish aqlsizlik.
Er dedi:- Taxmin qilma,
Ja unaqa emasdir.
Balki, qiz uzatishning
Qiyinligi sababdir.
Ikki qiz uzatguncha,
Qul bo’lib ishladig-a,
Hali Chorsuda savdo,
Hali Xitoy, Rossiya.
Olgan edik chiroyli,
Toshkentning mebelini.
Katta qudang qaytarib,
Yuborgan. Esingdami?
Zo‘rini olamiz deb,
Bitta domni sotdirding.
Mol-u qizingni berib
Nima foyda ortirding?!
Bitta domning puliga
Uchta uyni yasatib
Ora kunda qizingni
Yuborishar qaqshatib.
Kuyovmish kaynotasin
Mebelida yotib ham,
Uchrashganda erinib,
Ko‘rishadilar «akam».
Aytgim kelar qo‘l cho‘zib,
Qotganida ensasi:
«Qalay yumshoq ekanmi,
Turkiyaning ko‘rpasi?»
Yoqdimi gilamlarim?
Yungi-pati uzunmi?
Turtkilamay boshingda
Ko‘tarib yur qizimni!
Yumshoq mebellarim-chi,
Tushdimi uy rangiga?
Ketlaringni qitiqlab
Qiynamayaptimi-a?
Olgan chinni buyumlar,
Xurustallarim qalay?
Hali kosa sho‘rvasi
Yoqyotgandir asalday.
Qudang-chi osmondalar
Bellarida doim qo‘l.
Kelinning moli bilan
Uyingni yasatmay o‘l!
Deptilar almashtiring
Yostiqlarning pari kam.
Choynak piyola kichik
Likoplarning zari kam.
Seplarining ichida
Aptechkasi, dori yo‘q
Pilesos yuvadigan bo‘lsin,
Depti, ori yo‘q.
Yubordim-u desam-da,
Ko‘ngling muncha mog‘or-a?
O’sha pilesosimda
Qalbingniyam tozala.
Xotin dedi:-Ha, mayli,
Bo‘ldi endi, dadasi.
-Kelin topib, shart qo‘ysang,
O’ldiraman, onasi!
Qurbilari yetgancha
Sep qibersin, indama.
Xotin: — Menga baribir,
Odamlar kuladi-da.
Er deydi: — Bu xotinlar
Buncha o‘ch-a dunyoga?
O’tib ketdi ishlari
Xo‘ja ko‘rsin, riyoga
Bularni bir me’yorga
O’rgatib bularmikan?
Yo shu «kim oshdi»sini
Qilmasa o‘larmikan?
Erkaklarni ham sekin
Qo‘llariga olishdi.
«Ha, shunaqa ekan» deb,
Ko‘nib qo‘ya qolishdi.
Ko‘proq pul topayin deb,
Yurgan bo‘lsa qay erkak,
Miyasida bir fikr:
«Qiz uzatishim kerak».
Lom-mim, hatto, alifni
Bilmasak mo‘min bo‘lib,
To‘yshunoslik ilmini
Ichvorganmiz suv qilib.
Sen past bo’lib qudadan
So‘rab olma borini.
Mo‘min kishi qiynamas
Mo‘min birodarini.
Kim qudani qiynasa,
Ta’ma-la berib ozor.
Bolasin tirik ko‘mgan
Vahshiydan ne farqi bor?
U bolasin tuproqqa
Ko‘msa boqmay ohiga,
Bu qudasin ko‘myapti
Tama-ta’na chohiga.
Farqi shuki, ular din,
Nur ko‘rmagan insonlar.
Biz-chi, g‘ururga ketib,
Buzilgan musulmonlar.
Bu hoy-u havaslarning
So‘rog‘i ham bo‘ladi.
Marhabo haddan oshsa,
Oxiratda ko‘radi.
Marhabo Karimova She’rlari