Tushda Mash’ala ko’rsa

Tushda Mash’ala ko’rsa

Tushda Mash’ala ko’rsa

DO`STLARGA ULASHING:

tush-tabiri
tush-tabiri
Mash’ala — inqilob, yangilanish, o’zgarishlar, maorif timsolidir. Tushda o’zingizni qo’lingizga mash’ala tutgan xolda ko’rish — yaqin vaqt ichida siz diqqat markazida bo’lishingizni va nixoyat o’zingizning diqqatga sazovor rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishigizni bildiradi. Yonayotgan mash’alali kishilarni tushda ko’rish -iztirobga tushish va ichki ziddiyatlar alomatidir. Agar tushingizda o’chgan mash’alani ko’rsangiz, demak, o’ngda o’z rejalaringizni amalga oshirib bo’lmasligidan xafsalangiz pir bo’ladi. Yiqilib tushgan mash’aladan yonish chiqishi inqilobdan dalolat beradi. Tushingizda o’z yo’lingizni mash’ala bilan yoritib borayotgan bo’lsangiz — demak, sizning donoligingiz va hayotiy tajribangiz tufayli eng qiyin vaziyatlardan chiqib keta olishingizni bildiradi. Agar tushingizda qo’lingazda mash’ala bilan kitob oldida turganingiz ko’rinsa, oldindan qilingan bashoratning to’g’riligiga guvoh bo’lishingizdan ayonlik beradi. Tushda mash’alani siqib ushlab turgan qo’lni ko’rish — o’ngda o’zgalar ta’siridan chiqishga urinishingizni va doimo ozod bo’lishni xoxdashingizni bildiradi.

Tushda Mash’ala ko’rsa