INDUSTRIAL OʻSISH
INDUSTRIAL OʻSISH, industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. Industrial oʻsish mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini i. ch. ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. Industrial oʻsish mamlakat xalqxoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. Industrial oʻsish ikti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Industrial oʻsishning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shartsharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari bilan belgilanadi. Industrial oʻsishni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat i. ch. vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; i. ch. kurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaradi.
Ensiklopediya.uz
INDUSTRIAL OʻSISH