INSON VA QONUN
«INSON VA QONUN» — Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasi. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 1996 yil yanv. dan oyiga bir marta Toshkentda nashr etilgan. 1998-yil yanv. dan mustaqil haftalik nashrga aylantirilgan. Asosiy vazifasi — jami-yatda huquqiy ong va huquq madaniya-tini shakllantirish, aholini Oʻzbekiston va jahon qonunchiligidagi oʻzgarishlar bilan tanishtirib borish, ularni tushuntirish va sharhlash, jinoyatchilik va qonunbuzarlik ildizlarini ochish va bu ishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdan iborat. Asosiy ruknlari: «Qonunlarni sharhlaymiz», «Huquqshunos minbari», «Sud zalidan», «Qonun va ijro», «Huquqingizni bilasizmi?», «Jinoyatchilik — illat», «Qonun barchaga barobar», «Kuch — adolatda». Adadi 6,5 ming nusxa (2002).
Ensiklopediya.uz
INSON VA QONUN