INERSIYA QONUNI
INERSIYA QONUNI — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Inersiya qonuni Nyuton dinamikasining birinchi qonuni. Unga koʻra, har qanday jismga boshqa jismlar taʼsir etmasa, jism oʻzining tinch yoki tekis va toʻgʻri chi-zikdi harakat holatini saklaydi. Jismlarning ushbu dinamik xususi-yatlarini ularning inertligi deyiladi. Inersiya qonunining aniq mazmuni G. Galiley tomonidan 1632-y. da nashr etilgan «Dunyoning ikki sistemasi haqidagi muzokaralar» asarida berilgan. Jismlarning yuqorida aytilgan holatlari bajariladigan sanok, sistemasi inersial sanok, sistemasi deyiladi. Astronomlarning tekshirishlari na-tijasida baʼzi galaktikalarning massa markazlari Inersiya qonuniga muvofiq harakatlanishi aniqlangan.
Ensiklopediya.uz
INERSIYA QONUNI