Avalon konditsioner narxlari
Avalon konditsioner narxlari
DO`STLARGA ULASHING:
Artel ishlab chiqarish bazalarida chiqariladigan Avalon konditsionerlari o‘zining hashamatli dizayni va qulayligi bilan ajralib turadi. Issiq havo tizimida ishlovchi Avalon konditsionerlari qishning hatto eng sovuq kunlarida ham uyingizda issiq va qulay sharoit yaratishga qodir. Avalon konditsionerlari hattoki – 25 daraja sovuqda ham bemalol ishlaydi. Harorat qanchalik sovuq bo‘lmasin, Avalon konditsioneringiz uyingizni bir zumda isitib beradi!
Колонный кондиционер Avalon AVL-24FQ
Narxi (сум):10 479 000
Кондиционер Avalon AVL-12 HQ Wi-Fi
Narxi (сум):4 809 000
Narxi (сум):4 127 000
Invertor
Invertorlik motorlar konditsionerdan foydalanishni ancha qulayroq va tejamliroq qilish uchun yaratilgan. Invertorlik motor haroratni doimo bir maromda ushlab turish xususiyatiga ega. Invertorlik motorlarning yana bir xususiyati bu energiya tejamkorligi. Avalon konditsionerlari energiya tejamkorligining A turiga tegishli bo‘lganligi sababli, ular sizga 30 % gacha elektr tokida mablag‘ tejab qolishga ko‘maklashadi.
Avalon konditsionerlarining xilma-xil ishlash tizimlari bor. Bu tizimlar uyingiz haroratini o‘zingizga qulay darajaga moslashtirishga ko‘maklashadi. Tizimlar konditsioner pultidagi tugmalar yordamida boshqariladi. Ular yordamida konditsionerdan chiqayotgan havoni bir zumda sovuq yoki issiqqa o‘zgartirish mumkin. Agar havodagi namlikni yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz, DRY tugmasini bosing. Fan Tugmasi esa havo haroratini o‘zgartirmasdan ventilyatsiya qilishga qodir. Fan tizimidagi ventilyatsiya havoni tozalaydi va salomatligingizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Uyqungizni avaylash uchun Avalon konditsionerlarida «Tungi» tizim mavjud. Bu tizimda konditsionerning motori mutlaqo tovushsiz ishlaydi va uyquga umuman halaqit qilmaydi.
«Salomatlik» nomli tizim esa sog‘liqni yaxshilashga qaratilgan! Bu tizimda konditsioner haroratni odam tanasi uchun optimal bo‘lgan darajaga o‘zi o‘zgartiradi. Salomatlik tizimining organizmni bardamlashtirishda foydasi katta.
Avalon konditsionerlarida Wi-Fi orqali boshqarish xususiyati mavjud.
Wi-Fi aloqasi orqali Avalon konditsionerlarini katta masofadan mobil telefon orqali boshqarsa bo‘ladi. Masalan uyga qaytayotganda telefon yordamida konditsionerni ishga tushirib uyni qulay darajadagi haroratga keltirish mumkin.Avalon konditsionerlarining yana bir qobiliyatlaridan biri bu avtomatik holatda qayta ishga tushish xususiyatidir. Agar elektr toki o‘chgani tufayli koditsioner o‘chib qolsa, elektr toki yonishi bilan konditsioner ishlab turgan tizimiga o‘zi qaytadi va o‘z ishini yangilaydi.
Hozirda ART-09HQ va ART-12HQ split, hamda ART-24FG ustunlik Avalon konditsionerlari ishlab chiqarilmoqda.
Avalon – bu sifatli materiallardan ishlangan bejirim dizayn. Avalon texnikasi uyingizda latofatli muhit yaratadi. Avalon – bu sifat! Avalon konditsionerlariga 3 yillik to‘liq kafolat beriladi. Agar sizda hali ham nima uchun Avalon konditsionerlari degan savol mavjud bo‘lsa, buning javobi: chunki Siz eng yaxshisiga loyiqsiz!
Avalon konditsioner narxlari