ISKANDARKOʻL
ISKANDARKOʻL — Tojikistondagi koʻl. Hisor togʻ tizmasining shim. yon bagʻrida. Iskandardaryo havzasida dengiz sathidan 2195 m balandlikda. Iskandarkoʻl togʻ qulab Iskandardaryo vodiysini toʻsib qoʻyishi natijasida paydo boʻlgan. Uz. 3,3 km, eng keng joyi 2,9 km, mayd. 3,4 km2, eng chuqur joyi 72 m, oʻrtacha chuq. 51 m. Qoʻlning suv hajmi 173 mln. m3. I. ga bir necha soy va jilgʻalar quyiladi, faqat Iskandardaryo oqib chikali. Quyilayotgan va chiqib ketayotgan suv miqdoriga qarab Iskandarkoʻlning suv sathi oʻzgarib turadi. Iskandarkoʻl suvi eng issiq oylarda 10—12° ga qadar isiydi, yanv. ningoʻrtalaridan martning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Suvi tiniq va chuchuk. Iskandarkoʻl — chiroyli tog kullaridan biri. Turizm rivojlangan.
Ensiklopediya.uz
ISKANDARKOʻL