Ota-onalar uchun 60 tavsiya

Ota-onalar uchun 60 tavsiya

Ota-onalar uchun 60 tavsiya

Mundarija скрыть
Ota-onalar uchun 60 tavsiya
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Baʼzi keksalardan «Bolamni yaxshi kiyintirdim, yegani oldida boʼldi, hech kimdan kam boʼlmadi. Shunga qaramay bolam nega bunaqa boʼlib qoldi? Qaerda xato qildim?» qabilidagi gaplarni eshitib qolamiz. Sabab borasida fikr va munosabatlar turlicha. Nima eksang shuni oʼrasan deganlaridek, farzandga yetarlicha mehr bermasdan undan oqibat talab qilish oʼrinsizdir. Siz-chi, munis bekajon? Farzandingizga oxirgi marta qachon yaxshi koʼrishingizni soʼzlarda yoki uni bagʼringizga bosib ifoda etdingiz?
317cec2f 06b2 4c7c 8bc4 96b1cdc2b248
Dilingizdagilarni ochiqchasiga bayon eting:
1. Seni judayam yaxshi koʼraman.
2. Nima boʼlishidan qatʼi nazar, hech nimaga qaramay seni yaxshi koʼraman.
3. Hatto mendan xafa boʼlgan paytlaring ham seni yaxshi koʼrganman.
4. Baʼzida mendan ranjima, jahlimni chiqarganingda seni urishib qoʼysam ham, baribir yaxshi koʼraman.
5. Bizdan uzoqda boʼlganingda ham seni yaxshi koʼraman. Mening mehr-muhabbatim hamisha sen bilan boʼladi.
6. Yer yuzidagi bolalar orasidan birortasini tanlash huquqi berilganda, men baribir seni tanlagan boʼlardim.
7. Oygacha boʼlgan masofachalik, butun yulduzlar atrofini aylanib yana ortga qaytishchalik cheksizlikda yaxshi koʼraman.
8. Senga rahmat, oʼgʼlim (yoki qizim)!
9. Bugun sen bilan oʼynaganim menga juda yoqdi.
10. Kun davomida eng esda qolarli voqea sen bilan birgalikda bajargan ishimiz boʼldi.
Bu haqda aytib berishdan erinmang!
11. Farzandingiz tugʼilishi arafasidagi voqealarni hikoya qilib bering.
12. Bolalaringizni jajjigina paytlarida nima deb yoki qanday qilib erkalatganlaringizni esga olib turing.
13. Ism tanlash tarixini soʼzlab bering.
14. Ularning yoshida oʼzingiz qanday boʼlganingizni eslang.
15. Ularning buvi va bobolari bir-birlarini qanday uchratganlarini.
16. Qaysi ranglarni yaxshi koʼrishingizni.
17. Baʼzida sizga ham qaysi masala qiyinchilik tugʼdirishini boʼlishing.
18. Uning qoʼlidan ushlab turgan paytingizda uch marta siqib qoʼyishingiz maxfiy kod boʼlib, maʼnosini «seni yaxshi koʼraman» deb atang.
19. Rejalaringiz haqida gapirib bering.
20. Hozir nima bilan shugʼullanayotganingizni (masalan, gazetada ajoyib maslahatlar oʼqiyotganingizni) aytib bering.
Ularni har doim tinglashga tayyor turing:
21. Yoʼlda ketayotganingizda ham uning soʼzlarini tinglang.
22. Oʼz oʼyinchoqlari haqida aytib berayotgan gaplarini tinglang va buning unga qanchalik ahamiyatli ekanini tushunishga harakat qiling.
23. Chindan ham yordamingiz zarur boʼlgan masalalarni diqqat bilan eshiting. «Bolada», deb bolalarcha hislariga befarq qaramang.
24. Sabringiz chiday olgan fursatdan bir soniyagina ortiqroq vaqt gaplarini boʼlmasdan tinglang.
25. Farzandingizning soʼzlari ortida yashiringan hislarni eshitishga harakat qiling.
Tez-tez soʼrab turing:
26. Boʼlib oʼtgan voqeaga nisbatan munosabat, fikr shakllanishida koʼmaklashing: «Nega bunday boʼldi, deb oʼylaysan?»
27. Аgar bolalar toʼpolon qilishmasa, nima boʼlardi?
28. Buni qanday aniqlasak boʼladi?
29. Аyni damda nima haqda oʼylayapsan?
30. Bugun hayotingda esda qolarli qanday voqea yuz berdi?
31. Mana bu taomni tatib koʼr-chi, taʼmi nimaga oʼxsharkan?
Аmaliyot har doim muhim.
32. Biror harakatni taqiqlash oʼrniga bu ish qanday bajarilishini oʼzingiz koʼrsatib bering.
33. Oʼt poyasida qanday qilib hushtak chalinishini.
34. Meva va sabzavotlar qanday toʼgʼralishini.
35. Choyshab va yostiq jildlarini chiroyli taxlashni.
36. Javobi sizga ham nomaʼlum savollar yuzasidan axborot qanday qidirilishini.
37. Oila aʼzolarining bir-biriga boʼlgan mehri va uzilmas rishtalarini.
38. Tartibli boʼlish va ozodalik (shaxsiy gigiena) qanchalik muhimligini amaliy misollar bilan tushuntiring.
Vaqt ajrating:
39. Taom pishirayotganingizda farzandingiz sizga koʼmaklashishiga ruxsat bering.
40. Qushlarni tomosha qilish.
41. Qurilish maydonchalarini uzoqdan kuzatish.
42. Teatr yoki sayrga faqat oʼrtoqlari bilan emas, oʼzingiz ham birgalikda borish.
43. Qum oʼynab, loydan bir nimalarni birgalikda yasash.
44. Vazifalarni bolangizning kayfiyatiga kirib, bolalarcha bajarib koʼrish.
45. Shirintoyingiz oʼyin bilan mashgʼul boʼlgan paytida yonida shunchaki kuzatib oʼtirishdek bebaho lahzalardan vaqtingizni ayamang.
Farzandingizni xursand qilib turing.
46. Baʼzida uning xonasini yigʼishtirib, bezating, biror syurpriz tayyorlab qoʼying.
47. Nonushtaga pishirilgan quymoq orasiga bir boʼlak shokolad oʼrab qoʼying.
48. Bolalarning baʼzi ishlariga yordamlashayotganingizda qandaydir ovoz effektlarini yarating, ertak va mulьtfilьm qahramonlari obraziga kiring.
49. Taomni likopga smaylik yoki biror hayvoncha shaklida joylashtiring.
50. Ular bilan gilam yoki pol ustida birgalikda oʼynang.
Oʼzingizni ozod eting:
51. Аybdorlik hissidan.
52. Bu aslida boshqacha boʼlishi kerak edi, degan xayollardan.
53. Har doim oʼzingizni haq deb hisoblayverish odatidan voz keching.
Mehringizdan ulashib turing.
54. Farzandingizga nigohlaringiz orqali mehr va quvnoqlikni hadya etib turing.
55. Xonaga bolangiz kirib kelganida uni tabassum bilan kutib oling.
56. Farzandingiz sizga yaqinlashganida, quchmoqchi boʼlganida xuddi shu tarzda javob qilib, bagʼringizga bosing, nari tur deb ishlaringiz koʼpligini roʼkach qilmang.
57. Bolangiz chindan ham soʼzlaringizni eʼtiborga olishini istasangiz, koyib, xatolarini toʼgʼirlayverishdan avval munosabat zaminini yaratib oling.
58. Muammosini yechib berishdan avval oʼz noroziligini (jahl va nafratini) yengib olishi uchun imkoniyat bering.
59. Uzun kun nihoyasida vanna hozirlab qoʼying.
60. Farzandingizga mehringizni izhor etishning oʼziga xos usullarini oʼzingiz yarating.

Ota-onalar uchun 60 tavsiya