IXTISOS

IXTISOS

IXTISOS — inson tomonidan hayotning muayyan sohasi boʻyicha maxsus tay-yorgarlik yoʻli bilan hosil qilingan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalar majmui. Ixtisos kishiga turmushning moddiy va maʼnaviy sohasida biror ishni bajarish hamda shu yoʻl bilan oʻz tirikchiligini taʼminlash imkoni-yatini beradi. Ixtisos kasb, mutaxassislik singari tushunchalarga nisbatan torroq maʼnoda qoʻllanadi va muayyan kasb yoki mutaxassislikning biror sohasini anglatadi. Maye: kasbi — ilmiy xodim, mutaxassisligi — filolog, Ixtisos i—adabiyotshunos kabi.

Ensiklopediya.uz
IXTISOS