ISITMA
ISITMA — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda t-rasining koʻtarilishida namoyon boʻladi, koʻpgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda t-rasining koʻtarilishi bilan oʻtadigan hamma kasalliklar qadimdan Isitma deb atalgan. Isitma hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, baʼzi kasalliklar hamon Isitma deb ataladi (mas, bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi). Isitmaning infeksion va noin-feksion xillari farq qilinadi. Isitma yuqumli kasalliklarda ham, yuqumsiz kasalliklarda ham chiqaverishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
ISITMA