ISSIQLIK TEXNIKASI

ISSIQLIK TEXNIKASI

ISSIQLIK TEXNIKASIissiq lik olish, taqsimlash, tashish, undan xoʻjalik va roʻzgʻorning turli tarmoqlarida foydalanish bilan shugʻullanadigan texnika tarmogʻi; yoqilgʻining kimyoviy energiyasini issiklik, mexanik, elektr energiyasiga aylantirishning asosiy qonuniyatlarini, shuningdek, energetika qurilmalarida ishlatiladigan ish jismlarining xossalarini, Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlash tarzini va ularni qurishni oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Termodinamika, issiklik uzatish, yonish nazariyalari Issiqlik texnikasining nazariy asoslari hisoblanadi. Issiqlik texnikasida tabiiy organik yoqilgʻi asosiy issiklik manbai boʻlib xizmat qiladi. Bulardan tashqari, yadro yoqilgʻisi, quyosh energiyasidan (q. Geliotexnika, Geliokurilma ham foydalaniladi. Shuningdek, ikkilamchi issiklik resurslaridan (mas, metallurgiya pechlarining gazlaridan), elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish natijasida hosil boʻladigan issiqlikdan (q. Joul-Lens qonuni) foydalaniladi. Issiklikdan foydalanish usuli boʻyicha Issiqlik texnikasining asosiy yoʻnalishlari — issiklikdan foydalanish va issiklik energetikasiga boʻlinadi. Issiqlikdan foydalanish da issiqlik boshqa turdagi energiyaga aylantirilmay isteʼmol qilinadi; metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoatlarida, neftni qayta ishlashda va ishi issiklikni keltirish hamda olib ketishga, jismlar orasida issiklik almashinishiga asoslangan apparatlar, mashinalar va qurilmalar qoʻllaniladigan xoʻjalikning boshqa tarmoklarda katta ahami-yatga ega. Issiqlik energetikasi issiqlikni mexanik energiyaga (issiqlik dvigatelya apuna), elektr energiyasiga (magnitogidrodinamik generatorlar, termoelektr generatorlarda) aylantirish b-n, shuningdek, hosil qilingan mexanik energiyani boshka turdagi energiyaga aylantirish bilan bogʻliq. Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradigan qurilmalar bilan birga ishlatiladigan issikdik-kuch kurilmalari st-yalar deb ataladi (mas, kompressor st-yasi, nasos st-yasi, elektr st-ya va b.). Issiklikdan texnologik va maishiy maq-sadlarda foydalanish turli isitish, issiklik bilan taʼminlash tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Issiqlik texnikasida sunʼiy sovuq hosil qilish texnikasi ham muhim oʻrin tutadi (q. Sovitish texnikasi).

Ensiklopediya.uz
ISSIQLIK TEXNIKASI