INVARIANTLIK
INVARIANTLIK — obyektning maʼlum oʻzgartirgichlarga yoki fizikaviy sharoitlarga nisbatan oʻzgarmasligi, mustaqilligi. Lorens almashtirishita nisbatan oʻzgarmas qolgan kattaliklar Lorens invariantligi deiiladi. Toʻrt oʻlchamli interval shunday kattalikka misol boʻla oladi (q. Nisbiylik nazariyasi). I. tushunchasining muhimligi shundaki, uning yordamida koordina-talar tizimini tanlashga bogʻliq boʻlmagan va tekshirilayotgan obyektning ichki xossasini tasniflaydigan kattalikni ajratish mumkin. Biror oʻzgartirgichga nisbatan fizikaviy ti-zimlarning harakat tenglamalari invariantligi saqlanish qonuniga boglik (yana q. Invariantlar).
Ensiklopediya.uz
INVARIANTLIK