IMPULSLAR TEXNIKASI

IMPULSLAR TEXNIKASI

IMPULSLAR TEXNIKASIelektr impulslarni hosil qilish (generatsiyalash), kuchaytirish, oʻzgartirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan texnika sohasi. Bunday impulslar relaksatsiyalovchi generatorlar (multivibratorlar, blokinggeneratorlar va b.) yoki boshqa generatorlar yordamida hosil qilinadi. Impuls rejimda ishlaydigan (elektr signallar uzlukli beriladigan) im-pulsli lampa va yarimoʻpgkazgichli asboblar elektr impulslar manbai va kuchaytirgichlari boʻlib xizmat qiladi. Elektr impulslarning turli elektr zanjirlar, qurilmalar va obyektlarga taʼsiridan vujudga keladigan jarayonlar ham Impulslar texnikasida tadqiq qilinadi.

Ensiklopediya.uz
IMPULSLAR TEXNIKASI