INSHOOTLAR GIDRAVLIKASI

INSHOOTLAR GIDRAVLIKASI

INSHOOTLAR GIDRAVLIKASI, muhandislik gidravlikasi — gidravlika boʻlimi. Gidrotexnika inshootlari (toʻgʻonlarning suv tushirmasi, suv boʻshatmasi, kanallar, novlar) dan oʻtayotgan suv harakatini hisoblash nazariyasini va shu insho-otlarning suv oqimi bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadi. Inshootlarning asosiy oʻlchamlari va eng qulay shaklini aniqlash Inshootlar gidravlikasining muhim vazifasi. Inshootlar gidravlikasida suyuklikning gʻovak muhitda harakatlanishi (filtrlanishi), toʻlqinlarning inshootlarga taʼsiri, toʻgʻonlar va gidrouzellar qurish vaqtida suv oqimini vaqtincha oʻtkazib turish masalalari ham oʻrganiladi (q. Gidromexanizatsiya).

Ensiklopediya.uz
INSHOOTLAR GIDRAVLIKASI