ISFARA QATLAMLARI
ISFARA QATLAMLARI — Jan. Far gʻonaning Isfara daryosi havzasidagi choʻkindi jinslar. Paleogen sistemasining eotsen boʻlimiga mansub. 1935-y. O. S. Vyalov birinchi marta oʻrgangan. Isfara qatlamlari yashil rangli gillardan iborat. Isfara qatlamlari dastlab yarus (1958), «qatlam», keyinchalik (1960) «svita» deyilgan, hozir gorizont (1999) deyilmoqda. Isfara qatlamlaridan shu qatlamga xos dengiz ustritsalari (Isocardia eichwaldi Rom. Ostrea plicata Sol.)HHHr toshqotgan qoldiqlari topilgan. Surxondaryo viloyati, Jan. Tojikiston, Toshkent atrofida Isfara qatlamlari bor, oʻrtacha qalinligi 20—30 m. Neft va gaz hosil boʻlishida Isfara qatlamlarining ahamiyati muhim.
Ensiklopediya.uz
ISFARA QATLAMLARI