ISOQJONOV Muhammadjon Salimovich

ISOQJONOV Muhammadjon Salimovich

ISOQJONOV Muhammadjon Salimovich (1942.15.3, Yangiqoʻrgʻon shaharchasi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Toshkent ped. in-tini tugatgan (1964). 1964-y. dan Yangi-koʻrgʻon shaharchasidagi 10-maktab kimyo-biol. oʻqituvchisi, 1994-y. dan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi A. Xolmatov nomidagi litseyda kimyo fani oʻqituvchisi. U oʻz ish faoliyati davomida kimyo xonasini namunali jihozlagan, bir qancha koʻrgazmali qurollar tayyorlagan. Uning «Metallarning elektrokimyoviy qatori va uni ishlatish jadvali» mamlakatimizdagi barcha maktablarda koʻrgaz-mali qurol vositasi sifatida foydalanib kelinmoqda.

Ensiklopediya.uz
ISOQJONOV Muhammadjon Salimovich