INFRAQIZIL NURLANISH
INFRAQIZIL NURLANISH — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 — 2 mm gacha boʻlgan koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi. Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi tiniq suv qatlami toʻlqin uz. X >1 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof boʻlmagan germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻladi (germaniy uchun»1,8 mkm, kremniy uchun»1,0 mkm); qora qogʻoz I. n. spektrining uzok, sohasida shaffof boʻladi. Koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlmagan, lekin Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlgan moddalar Infraqizil nurlanishni ajratishda yorugʻlik filtrlari sifatida ishla-tiladi.
Ensiklopediya.uz
INFRAQIZIL NURLANISH