IKROMOV Akmal Ikromovich
IKROMOV Akmal Ikromovich (1898, Toshkent — 1938.13.3, Moskva) — davlat va siyosat arbobi. Toshkentning Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent sh. da oʻqituvchi (1918—19), «Izchilar toʻdasi» va «Chigʻatoy gurungi» aʼzo-si, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919—21). Turkiston KP MK kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921—22). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida ta-shabbuskorlik qilgan. Moskvada Ya. M. Sverdlov nomidagi Kommunistok un-tda oʻkigan (1922—24). 1925-y. yanv. da Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi, ayni paytda 1925-y. fev. dan (OʻzKPb) MK kotibi, birinchi kotibi (1929-y. dek. – 1937-y. sent.), ayni paytda (VKPb) MK Oʻrta Osiyo byurosi kotibi (1931—34). Butun Rossiya MIK aʼzosi, SSSR MIK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod (192537). OʻzSSR MIK Prezidiumi aʼzosi (1925—37).
Ensiklopediya.uz
IKROMOV Akmal Ikromovich