ISKANDARXON
ISKANDARXON (? – 1583.22.6, Buxoro) — Movarounnahr xoni (1561 — 83), shayboniylarlgm. Jonibek sultonning oʻgʻli. Iskandarxonning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning to-gʻasi) ning qizi boʻlgan. Iskandarxon 15 yoshida Samarqand Sugʻdiga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi vafot etgach (1529), Karmana hokimi boʻlgan. 1561-y. I. oʻgʻli Ab-dulla sulton (q. Abdullaxon II) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx hokimi) oʻrniga otasi Iskandarxonni bu-tun oʻzbeklarning xoni (xonlar xoni) deb eʼlon qilgan. Iskandarxon yoshligida jangari, irodali kishi boʻlgan esada, key-inroq taqvoga juda berilib ketgan. Shariat ahkomlariga toʻla rioya qilgan, lochin oviga moqir boʻlgan, davlat ishlariga deyarli aralashmagan. Iskandarxon taniqli tasavvuf olimi, Maxdumi Aʼzam Kosoniyning muridi va shogirdi edi. Iskandarxonni darveshlar podshohi (podshohi darvishon) deb ham atashgan.
Ensiklopediya.uz
ISKANDARXON