IPAK QURTI BOQISH
IPAK QURTI BOQISH — tabiiy ipak i. ch. yoki ipak kurti tuxumi olish maqsadida ipak qurtini oziqlantirib, parvarish qilish. Ipak qurti boqish 25—27 kun davom etadi va 3 davrga boʻlinadi: bi-rinchi davri — 1-, 2 – va 3-yoshdagi qurtlarni boqish; ikkinchi davri — 4-yoshdagi qurtlarni boqish; uchinchi davri — 5-yoshdagi qurtlarni boqish. Ipak qurti boqish pechka, ventilyator oʻrnatilib, 4% li formalin eritmasi bilan zararsizlantirilgan qurtxonalarda yoki maxsus yorugʻ binolarda amalga oshiriladi, ipakchilik asbob-uskunalari ham zararsizlantiriladi, soʻngra qurtxonalarga oʻrnatiladi.
Ensiklopediya.uz
IPAK QURTI BOQISH