INFORMATSION TILLAR

INFORMATSION TILLAR

INFORMATSION TILLAR, informatsion-qidirish tillari — informatsiya qidirish va informatsiyamantiq tizimlarida semantik informatsiya, faktlar va maʼlu-motlarni tavsiflash maqsadida ishlatiladigan sunʼiy tillar. I. t. mu-ayyan mazmunni mexanizmlarga (mas, EHM yordamida qayta ishlash maqsadida) bevosita uzatish uchun makbul shaklda ixcham va aniq maʼnoni yozib olish vositasi hisoblanib, odam-ma-shina munosabatlarini ifodalaydi. Undan foydalanuvchilar maʼlumotlar bazasi va informatsion tizimlar bilan oʻzaro munosabat tili yordamida maʼlu-motlarni aniq belgilab oladilar va tizimga kiritadilar, tizimdan esa turli maʼlumotlarni soʻrab oladilar. Informatsion tillar soʻrab oluvchi tilning xususiy, eng birinchi paydo boʻlgan koʻrinishi boʻlib, informatsion-qidirish tezau-ruslari (shu sohadagi barcha soʻzlarni qamrab olgan lugʻat) da, tushuncha va predmetlarning tasniflagichlarida yoki tizim yordamida bevosita avtomatik tuzilgan lugʻatlarda namoyon boʻladi.

Ensiklopediya.uz
INFORMATSION TILLAR