INTUITSIYA

INTUITSIYA

INTUITSIYA (lot. intuitio — sinchiklab qarayman) — haqiqatni dalil b-n is-botlamasdan, bevosita fahmfarosat bilan anglab olish qobiliyati; fikran ilgʻab olish («akliga kelish») yoʻli bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli shaklda umumlashtirish. Tadqiqotchilar fikricha, Intuitsiyaning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy Intuitsiya deb, aqliy mushohada va b. sezgi obrazlariga bogʻliq boʻlmagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql bilan ilgʻab olish aqliy (intellektual) Intuitsiya deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat bilan muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik Intuitsiya hisoblanadi (J. Mariten). Intuitsiya — subyektning obyekt bilan bevosita qoʻshilishib ketishi okibatidir (A. Bergson). Psixoanalizu Intuitsiya ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3. Freyd). Sharq fal-safasida Intuitsiyani «ilohiy ilhom» yoki «ilohiy zehn» deb atashgan (Ibn Sino). I. ni oʻrganib, boshqarib ham boʻlmaydi. U toʻsatdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida roʻy beruvchi reflektiv jarayonlar shu qadar murakkab zanjirli bogʻlanishlar hosil qiladiki, baʼzan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutashib ketadi. Shunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat Intuitsiyaning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan roʻy berganligi uchun kishilar Intuitsiyani ilohiy va gʻayritabiiy mohiyatga bogʻlab tushuntirishga urinishadi, lekin uning zamirida oʻziga xos psixik jarayonlar yotadi. Intuitsiya inson miyasida roʻy beruvchi oʻz-oʻzini sozlash, oʻz-oʻzini muvofiklash mexanizmi bilan bogʻlangan. Miyada muayyan paytda oʻz-oʻzidan ishlash jarayoni sodir boʻladi va u oʻz-oʻzicha yangi bilimni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongli nazorat qilmaganligi-miz tufayli miyamizga yangi fikr quy-ilib kelgandek boʻlib tuyuladi. Aslida bu fikrni miyamiz oʻzoʻzidan hisoblab chiqqan boʻladi.

Ensiklopediya.uz
INTUITSIYA