INDIVIDUAL HIMOYA VOSITALARI

INDIVIDUAL HIMOYA VOSITALARI

INDIVIDUAL HIMOYA VOSITALARI, shaxsiy qimoya vositalari — kishilar (armiyada — shaxsiy tarkib) ni zaharli radioaktiv moddalar va biologik vositalardan himoya qilish hamda yadro quroli portlaganda paydo boʻladigan yorugʻlik nurlanishidan shikastlanishni kamaytirish uchun moʻljallangan vositalar majmui. Ularga filtrlovchi va izolyatsiyalovchi protivogazlar (gazniqoblar), yelkaga tashlanadigan yopinchiklar, maxsus modda shimdirilgan paypokdar, kiyimboshlar, kombinezonlar, rezina etiklar, qoʻlqoplar kiradi. Armiyada — umumiy qoʻshin himoya toʻplami ham mavjud. Individual himoya vositalarining qaysinisidan foydalanish zarurligi atrof muhit va havoning zaharlanganlik darajasiga, kishilar (shaxsiy tarkib) ning vazifasiga qarab aniqlanadi (q. Ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish).

Ensiklopediya.uz
INDIVIDUAL HIMOYA VOSITALARI