IMPULS REAKTOR
IMPULS REAKTOR — impuls rejimida ishlaydigan yadro reaktori. I. r. da qisqa muddatli quvvat impulslari va shunga muvofiq neytronlar va gamma-nurlar oqimi generatsiyalanadi (hosil boʻladi). Impulslar davomiyligi — bir necha mks dan bir necha s gacha. Impuls reaktor qisqa vaqt oraligʻida katta quvvat va intensiv neytronlar oqimi olishga imkon beradi. Impuls reaktorda zanjirli yadro reaksiyasining jadal rivojlanishi hisobiga quvvat impulsi paydo boʻladi. Buning uchun Impuls reaktorga ortiqcha miqdorda yadro yonilgisi kiritiladi yoki neytronlarni yutgichlar olib tashlanadi. Impulslarni «soʻndirish» uchun «ortiqcha» yadro yonilgʻisi Impuls reaktordan olinadi.
Ensiklopediya.uz
IMPULS REAKTOR