ILOHOBOD
ILOHOBOD, Ollohobod — Hindistoning shim. dagi shahar, UttarPradesh shtatida, Jamna daryosining Gang daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 806 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Shahar oʻrtasidan oʻtgan t. y. uning koʻhna qismini yangi qismidan ajratib turadi. Ilohobod ningzamonaviy qismida yangi turar joy mahallalari, oziq-ovqat, tamaki, oyna sanoati korxonalari joylashgan. Diniy marosim buyumlari ishlab chiqariladi. Un-t (1887-y.) bor. I. — hindularning diniy bayram oʻtkazadigan va ziyoratgoh joyi. Musulmon va hindu meʼmoriy yodgorliklari koʻp, jumladan podsho Ashoka davridan (mil. av. 242-y.) qolgan tosh ustunlar, katta «Xusrav bogʻi» (bu bogʻda podsho Jahongirning oʻgʻli Xusravning makbarasi bor, 17-a.) va b. I. ning bunyod etilgan vaqti nomaʼlum. Qad. Hindistonda u Prayaga deb atalgan. Akbarshoh Prayaga yaqinida 1583-y. da Ilohobod qalʼasini qurdirgan; shu vaktdan shahar ham Ilohobod deb atala boshlagan.
Ensiklopediya.uz
ILOHOBOD