KREZOLLAR haqida
KREZOLLAR
KREZOLLAR, metilfenollar, gidroksitoluollar,SN3S6N4ON — rangsiz kristallar yoki suyuq moddalar, fenolning yaqin go-mologlari. Mol. m. 108,143 ta: orto-, meta-va paraizomeri bor.
Krezollar etanol, dietilefir benzol, xloroform, atsetonda yaxshi eriydi. Suvda va ishqor eritmalarida eritilganda krezolyatlar hosil qiladi. Krezollar — fenolga oʻxshash kuchsiz kislotalar. Toshkoʻmir smolasida boʻladi. Texnik Krezollar — trikrezol — uchta izomer aralashmasidan iborat. Toshkoʻmir, slanes yoki torf smolalari haydalganda ajralib chikadi. Zaharli, odam terisiga yomon taʼsir qiladi. Fenolaldegid smolalar dezinfeksiya vositalari, plastmassalar (bakelitlar), portlovchi moddalar, boʻyagichlar i. ch. da qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
KREZOLLAR