QORAOʻZAK haqida

QORAOʻZAK haqida

QORAOʻZAK

QORAOʻZAKQoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidagi shaharcha (1984-y. dan), tuman markazi. Aholisi 12,3 ming kishi (2005). Yaqin t. y. stansiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus sh. dan (72 km). Paxta tozalash, gʻisht z-dlari, qurilish tashkilotlari, 2 avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, litsey, kasb-hunar kolleji, madaniyat uylari, kutubxonalar mavjud. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassa-salar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qoraoʻzakdan Nukus sh. gacha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Ensiklopediya.uz
QORAOʻZAK