QORATEPASOY haqida

QORATEPASOY haqida

QORATEPASOY

QORATEPASOYSamarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uz. 39 km, suv toʻplash havzasi (irmoqlari Teraksoy va Sevazsoy b-n) 24,6 km2. Qoratepa qishlogʻi yaqinida Omonqoʻtonsoyga Qoʻzichisoy qoʻshilib Qoratepasoyni hosil qiladi. Dargʻom kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Vodiy kengligi 700 m, bir-biridan ajralib turgan uch allyuvial terrasaga ega. Selga qarshi kurashish maqsadida Qoratepa qishlogʻidan 2 km quyida Qoratepa suv ombori qurilgan.

Ensiklopediya.uz
QORATEPASOY