KOPPERFILD haqida

KOPPERFILD haqida

KOPPERFILD

KOPPERFILD Devid (asli Dodik Kotkin) (1959.16.1, Nyu Jersi shtati, Metchen sh.) — amerika fokuschisi, afsungar, dunyoning eng mashhur koʻzbogʻlovchisi. Ota-onasi asli odessalik. Kopperfildning yoshligidan xotirasi juda kuchli boʻlgan. 4 yoshida bobosi koʻrsatgan fokuslarni tezda oʻzlashtirib, izidan qaytargan. 7 yoshidan mustaqil, oʻzi oʻylab topgan fokuslarini odamlar oldida namoyish eta boshlagan. 12 yoshidan turli shaharlar boʻylab tomoshalar koʻrsatgan. 15 yoshida AQSH «afsungarlar jamiyati»ga qabul qilingan. 16 yoshidan Nyu-York un-tida afsungarlikdan dars bergan. 1974-y. dan Chikagoning «Sehrgar» myuziklida ishlagan va uzun musiqali loyihalari uchun «Kopperfild» taxallusini olgan. 1978-y. «Ey-bi-si» telekompaniyasida dunyoga mashhur koʻrsatuvlarini olib borgan.

80-y. lardan butun Amerika va dunyoni aylanib, oʻz tomoshalari bilan jahonni lol qoldirmoqda. Eng mashhur tomoshalari: Buyuk Xitoy devorini «teshib oʻtish», «Grand-Kanyon» ustidan uchib oʻtish, Ozodlik Haykalini «yoʻq qilish», moʻz tagida oʻtirib, keyin uni yorib chiqish, olov ichidan ham oʻzini, ham yonidagi ayolni sogʻ-omon «olib chiqish» va b. Nufuzli «Emi» mukofotiga 12-marta sazovor boʻlgan Mohina Ashirova.

Ensiklopediya.uz
KOPPERFILD