QARLUQ haqida

QARLUQ haqida

QARLUQ

QARLUQSurxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin t. yil stansiyasi — Shoʻrchi razyezdi (23 km). Qarluqdan Termizgacha 140 km. Aholisi 10 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Oltinsoy daryosidan suv oladi. Qarluqda «Sharob» aksiyadorlik jamiyati, qoʻshma, kichik korxonalar, Oltinsoy meva quritish z-di, avtokorxona, paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, madaniyat uylari va klub muassasalari, markaziy kutubxona bor. Ashula va raqs dastasi, qoʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari, futbol, voleybol, qoʻl toʻpi maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tumanlararo travmatologiya va ortopediya markazi ishlab turibdi.

Ensiklopediya.uz
QARLUQ