QADIMGI UYGʻUR TILI haqida

QADIMGI UYGʻUR TILI haqida

QADIMGI UYGʻUR TILI

QADIMGI UYGʻUR TILI — ilk oʻrta asrlardagi (hoz. oʻlik) adabiy turkiy tillardan birining shartli nomi; 9-asr oʻrtalari — 13-asr oʻrtalarida Sharqiy Turkiston (hoz. XXRning SinszyanUygʻur muxtor rayoni)dagi (Kuchar) davlatining rasmiy tili boʻlgan. Qadimgi uygʻur tili 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Sharqiy Turkistondan 8—18-asrlarga mansub yozma yodgorliklarning (bu yodgorliklar Berlin, Kioto, Sankt-Peterburg, London, Parij, Pekin, Istanbul, Stokgolmdagi qoʻlyozma fondlarida saqlanadi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi hamda madaniyatini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi) topilishi natijasida fanga maʼlum boʻlgan. Matnlarda aks etgan lisoniy tafovutlarga qaraganda, Qadimgi uygʻur tilining 2 lahjasi boʻlgan (ular shartli ravishda «plahja» va «^lahja» deb nomlanadi). Qadimgi uygʻur tili oʻz davrida boshqa adabiy turkiy tillar (mas, qadimiy oʻgʻuz tili) bilan ham umumiy, ham farqli fonetik va morfologik belgilarga ega boʻlgan boʻlsada, uning bunday xususiyatlari koʻproq urxunenisey yozuvi yodgorliklari tiliga yaqin turadi.

Qadimgi uygʻur tili yozma yodgorliklari deganda, asosiy manbalarda 5—13-asrlarda 3 xil yozuv shakli (urxunenisey, uygʻur, arab yozuvlari)da bitilgan matnlar koʻzda tutilsada, ulardan faqat 5—9-asrlarda urxunenisey yozuvida («Selenga toshi») hamda qadimiy uygʻur yozuvida yaratilgan («Moniylarning tavba namozi») va «moniyuygʻur», «buddauygʻur» deb ataluvchi yodgorliklargina Qadimgi uygʻur tilining yodgorliklari hisoblanadi; arab yozuvidagi musulmonuygʻur yodgorliklari esa qoraxoniylar davri tiliga mansubdir. Shu bilan birga, har uchala turdagi yodgorliklar fonetik, leksikgrammatik jihatdan oʻzaro farklanadi.

Ad.: Sherbak A. M., Grammaticheskiy ocherk yaznka tyurkskix tekstov X—XVII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M. — L., 1961; Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969; Drevnetyurkskiy slovar, L., 1969; Nasilov V. M. , Yazmk tyurkskix pamyatnikov uygurskogo pisma XI—XV vv., M., 1974; Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T, 1982.

Ensiklopediya.uz
QADIMGI UYGʻUR TILI