YORKEND ZILZILASI haqida
YORKEND ZILZILASI
YORKEND ZILZILASI — Xitoyning SinszyanUygʻur muxtor rni Yorkend vohasida 1897-y. 22 avg. da roʻy bergan. Markaziy Osiyoda sodir boʻlgan eng kuchli zilzilalardan. Bu zilzila oqibatida Yorkend, Qashqar sh. va unga yaqin joylashgan boshqa shahar va qishloqlar vayronaga aylangan.
Zilzilani boshidan kechirgan odamlarning taxmini boʻyicha bu tabiiy ofat natijasida 6—7 ming kishi halok boʻlgan. Yorkend zilzilasi tebranish kuchi epitsentrda taxm. 9—10 ball, magnitudasi 8,1 dan ziyod ekanligi qayd qilingan. Yer silkinishi bir yil davomida 9-marta takrorlanib, kuchi 7—8 balldan, magnitudasi 6 dan oshgan. Silkinishlar kuchi Olmaotadan tortib Andijon, Toshkent, Samarkandgacha sezilgan. Yorkend zilzilasiga Fargʻona tizmasining sharqiy qismida joylashgan TalasFargʻona yer uzilmasi sabab boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
YORKEND ZILZILASI