JUJANLAR haqida
JUJANLAR
JUJANLAR, joujan, juan-juan, juju, juyjuy — Gʻarbiy Manjuriya, Mongoliya va Turkiston dashtlarida ilk oʻrta asrlarda yashagan koʻchmanchi qabilalar ittifoqi. Jujanlarning yuksalishi Shelunxon (402—410) nomi bilan bogʻliq, u oʻz atrofiga tarqoq qabilalarni birlashtirib kuchli harbiy ittifoq tuzgan. Turkiylar, xitoyliklar, uygʻurlar bilan boʻlgan urushlar, shuningdek, toʻxtovsiz ichki nizolar Jujanlarni zaiflashtirgan. 6-a. oʻrtalarida jujan qabilalari ittifoqi tarqab ketgan. Jujanlarning bir qismi turkiylar va b. xalqlar tarkibiga singib ketgan, qolgan qismi (taxm. 30 ming chodir) uzoq Gʻarbga koʻchib ketib Dunay daryosining oʻrta oqimi sohillarida 9-a. gacha mavjud boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
JUJANLAR