JUMALOQTEPA haqida

JUMALOQTEPA haqida

JUMALOQTEPA

JUMALOQTEPA — arxeologik yodgorlik. Surxondaryo viloyati, Angor tumani markazida. Sunʼiy tepalik ustiga qurilgan. Kvadrat tarhli (30×30 m) koʻshk xarobasi (5—12-a. lar). Ikki davrda obod boʻlgan. Birinchi davrda toʻrt ustunli zal va unga tutash turli kattalikdagi xonalar qurilgan. Ikkinchi davrda zal qayta qurilgan. Topilmalar ichida oʻyma naqshinkor yogʻoch buyumlar, lavhalar, inson qiyofasining suratlari bor.

Ensiklopediya.uz
JUMALOQTEPA