JULAYTOV haqida
JULAYTOV
Mundarija
скрыть
JULAYTOV — Qurama togʻlarining jan.-sharqiy qismidagi togʻ. Sarvaksoy b-n Chodaksoy oraligʻida, Qurama tizmasining suvayirgʻich qismidan boshlanadi va togʻ etagi adirlarga tutashadi. Eng baland joyi 2645 m. Gersin burmalanishi davrida koʻtarilgan. Suvayirgʻich qismida granit va granodioritlardan, qolgan qismi porfirtuf jinslaridan tuzilgan. Koʻpgina tektonik uzilmalar uchraydi. Siyrak archazor va butalar bilan qoplangan. Julaytovda Qoramozor rudali havza joylashgan.
Ensiklopediya.uz
JULAYTOV